(+18) Yashirincha jinsini o‘zgartirgan askar o‘lik holda topildi

(+18) Yashirincha jinsini o‘zgartirgan askar o‘lik holda topildi

Jinsini yashirincha o‘zgartirgandan keyin armiyadan haydalgan Janubiy Koreyalik askar o‘lik holda topildi. Bu haqda «ABC» telekanali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 23 yoshli Byon Xvi Suning jasadi Chxoju shahridagi uyidan topilgan. O‘lim sababi haqida xabar berilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Byon Xvi Su armiya safiga  erkak sifatida qo‘shilgan va serjant unvonigacha ko‘tarilgan. Jinsini Tailanddagi ta’tili paytida yashirincha o‘zgartirgan Xvi Su depressiyadan aziyat chekkan.  Operasiyadan keyin boshqa ayol askarlar bilan xizmatni davom ettirishga umid qilgan, ammo u armiyadan haydalgan, shuningdek, qayta tiklanish to‘g‘risidagi arizasi ham rad etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!