16 joyidan pichoqlangan ayol va uning homilasi qanday saqlab qolindi? (video)

16 joyidan pichoqlangan ayol va uning homilasi qanday saqlab qolindi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘lgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolni shifokorlar qanday saqlab qoldi? Ushbu hodisadan so‘ng 32 yoshli ayolni saqlab qolgan shifokorlar bilan Zamon ko‘rsatuvi suhbatlashdi. Bu haqda uz24.uz yozmoqda.

Ayolni olib kelishganidan keyin, tekshiruv natijalarini ham kutmasdan uni jarohlik stoliga oldik. Operatsiya 3-4 soat davom etdi. Ayol tanasining old-orqa tomonlarida, qo‘l va oyoqlarida jarohatlari bor edi. Og‘ir hisoblanadigan jarohatlaridan bittasi, qorin oldi jarohati edi. Pichoq qorin ichiga kirib, jigarga zarar yetkazgan, deydi jarroh O‘tkir Oripov.

Ayol o‘tgan haftada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida homilador kelinoyisini pichoqlagan 21 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Unga JKning bir qator moddalari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!