“15 sutka” kelajakka ta’sir qiladimi? Ma’muriy qamoq bo‘yicha 10 ta muhim jihat

A A A
“15 sutka” kelajakka ta’sir qiladimi? Ma’muriy qamoq bo‘yicha  10 ta muhim jihat

Ommaviy axborot vositalarida ko‘zimiz tez-tez kishilarning turli qilmishlar uchun ma’muriy qamoqqa olinganligi to‘g‘risidagi yangiliklarga tushadi. Xo‘sh, ma’muriy qamoq haqida bizga nimalar ma’lum – qanday ishlar uchun qamashadi?Kimlarni qamash mumkin emas? Qamoqqa olingan kishilar necha soat uxlashi mumkin? Qanday holatda qamoqdagi kishiga tashqariga chiqishga ruxsat etiladi? “O‘tirib chiqqan odam” qancha to‘laydi? “15 sutka” kelajakka ta’sir qiladimi, ya’ni kishi “sudlangan” hisoblanadimi?

Hudud24.uz shu singari savollarga javob beradi.

Qanday ishlar uchun qamashadi?

Kishi MJTKning 49 tasi moddasi bo‘yicha qamalishi mumkin. Masalan, quyidagilar:

• shahvoniy shilqimlik qilish;

• ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish;

• mayda bezorilik;

• tilanchilik qilish;

• fohishalik bilan shug‘ullanish;

• jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish;

• oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik;

• hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish;

• transport vositalarini mast holda boshqarish;

• kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish va boshqalar.

Shaxsni qamash uchun jinoyat sudi sudyasi, favqulodda holatda harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i qarori asos bo‘ladi.

Ma’muriy qamoqning minimal va maksimal muddati qancha?

Holatga qarab, 3 sutkadan 15 besh sutkagacha, favqulodda holatda esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun – 30 sutkagacha. Muddat to‘liq sudyaning vakolatidagi masala, istasa sanksiyadagidan ham kam muddat berishi mumkin.

Kimlarni qamash mumkin emas?

Qanday ayb qilishidan qat’i nazar homiladorva (yoki) 3 yoshdan kichik bolasi bor ayollar, 14 yoshdan kichik bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan kishilar, bolalar, I-II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarma’muriy qamoqqa olinmaydi.

Qamoqqa olingan kishilarni qayerda saqlashadi?

Qamoqqa olingan kishilar viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida maxsus qabulxonalarda saqlanadi. Maxsus qabulxonada kamera umumiy va bir kishilik bo‘ladi. Kishining psixologik holati va shaxsiga qarab shu ikki turdagi kameradan biriga joylashtiriladi.Erkaklar ayollardan, chekuvchilar chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.

Quyidagi kishilarga alohida kamera beriladi:

• chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

• yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj bo‘lgan shaxslar;

• sobiq sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlari, sobiq advokatlar;

• hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini ta’minlash manfaatlaridan kelib chiqqan holda ayrim shaxslar.

Kameralarda bir kishiga to‘g‘ri keladigan maydonning normasi kamida 2,5 kv metrni, ayollar uchun esa kamida 3 kv metrni tashkil etadi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga alohida yotoq joyi, ko‘rpa-to‘shak, idish-tovoq hamda ovqatlanish anjomlari beriladi. Qamoqdagilar haftada kamida bir marta cho‘milib-yuvinadi, ularning choyshab va yostiqjildlarini almashtiriladi.

Qamoqqa olingan kishilar necha soat uxlashi mumkin, umuman, ular qanday huquqlarga ega?

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:

• ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi va sharoitlari, o‘z huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida axborot olish;

• arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish, shuningdek, maxsus qabulxona boshlig‘iga yoki u vakolat bergan shaxslarga shaxsan qabul qilish to‘g‘risida murojaat qilish;

• o‘zlarining shaxsiy xavfsizligi va sog‘lig‘i saqlanishi ta’minlanadigan sharoitlarda saqlanish, tegishli tibbiy yordam olish;

• pochta jo‘natmalarini va yo‘qlovlarni olish hamda jo‘natish;

• advokat, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan uchrashish;

• respublikasi hududi bo‘yicha telefon orqali har kuni limitlangan bir martalik so‘zlashish;

• tungi vaqtda uzluksiz 8 soat uxlash;

• maxsus qabulxona hududida maxsus ajratilgan joylarda kunduzgi vaqtda davomiyligi 2 soatdan kam bo‘lmagan har kungi sayr qilish;

• diniy rasm-rusumlarni ado etish, agar bu ichki tartib qoidalarini, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasa;

• mehnatga jalb qilingan taqdirda tegishli haq olish va mehnatining muhofaza qilinishi;

• oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish, moddiy-maishiy sharoitlardan, o‘quv-badiiy, axborot materiallaridan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa narsalar va ashyolardan foydalanish;

• dori vositalarini olish va saqlash.

• saylov va referendumda ishtirok etish va boshqa huquqlar.

Qanday holatda qamoqdagi kishiga tashqariga chiqishga ruxsat etiladi?

Ma’muriy qamoqdagi kishi alohida hollarda (yaqin qarindoshning vafoti yoki yaqin qarindoshning hayotiga tahdid soluvchi og‘ir kasallik, unga yoki oilasiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazgan hodisa) ikkala tomonga borib-kelish vaqti (2 sutkagacha) hisobga olmay, ko‘p bilan 1 sutkaga tashqariga chiqishga ruxsat berilishi mumkin..

Qamoqdagi kishilar ishlatiladimi? Agar ular istashmasachi?

Qamoqdagi kishilar yozma roziligi bilan ishlatishi mumkin. Ular mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman (shahar) hokimliklarining zimmasiga yuklatiladi.

Ularning ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan (2024 yil avgust holatiga oyiga 980 ming so‘m) kam bo‘lmasligi kerak. Qamoqdagi kishilarning topgan puli ularni maxsus qabulxonalarda saqlash va ovqatlantirishga yo‘naltiriladi. Agar pul ortib qolsa, qolgan pul ularning nomiga ochiladigan bank hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.

Qamoqdagi kishilar o‘zini yaxshi yoki yomon tutsa, qanday chora ko‘riladi?

Tartibga rioya etgan, vijdonan mehnat qilgan kishilarga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:

• tashakkur e’lon qilish;

• bir martalik qo‘shimcha telefon orqali so‘zlashuv huquqini berish;

• har kungi sayr vaqtini 3 soatgacha uzaytirish.

Agar buning teskarisi bo‘lsa, quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

• ogohlantirish;

• telefon orqali navbatdagi so‘zlashuv huquqidan mahrum qilish;

• haq to‘lanmaydigan jismoniy ishlarga navbatdan tashqari jalb etish.

“O‘tirib chiqqan odam” qancha to‘laydi?

Qanchalik g‘alati eshitilmasin, “o‘tirib chiqqan odam” pul to‘laydi. Qamoqda saqlash xarajatlari sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining
15 foizi – 15 sutkada 765 ming so‘m (2024 yil avgust holatiga). Ammo kishi qamoqda ishlagan puliga buni uzishi ham mumkin.

Mehnatga qobiliyatsiz kishilardan pul olinmaydi. Bundan tashqari, moddiy ahvoli va shaxsiga qarab, sudya, favqulodda holatda harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i boshqa kishilarni ham to‘lovdan ozod qilishi mumkin.

“15 sutka” kelajakka ta’sir qiladimi, ya’ni kishi “sudlangan” hisoblanadimi?

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar jinoyat sudida ko‘rib chiqilsa-da, ma’muriy jazokishilarning huquq va erkinliklari cheklanishiga asos bo‘ladigan sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi.

Ma’muriy jazoga tortilgan kishi shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmasa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.