14 avgustda Muhammad Alining nabirasi boksda debyut qiladi

14 avgustda Muhammad Alining nabirasi boksda debyut qiladi

14 avgust kuni boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ayni shu sanada Muhammad Alining nabirasi debyut qiladi. Top Rank kompaniyasi Niko Ali Uolshning kechki asosiy jangi oldidan Endryu Moloni va Joshua Franko o‘rtasida jang o‘tkazadi.

Qizig‘i shundaki, kompaniya rahbari Bob Arum o‘zining ilk jangini 1966 yilda Muhammad Ali uchun uyushtirgan.

"Men aniq bilamanki, mening bobom Bob Arumdan tashqari boshqa bir promouter bilan birga bo‘lishimni istamaydi. Don King mening bobom va Mayk Taysonga qanday munosabatda bo‘lganini ko‘rgansiz. Ko‘p odamlarga boksda ishonib bo‘lmaydi, Bob esa nafaqat boksda, balki umuman biznesda hurmatga sazovor bo‘lgan odamdir. Men har doim Top Rankning bir qismi bo‘lishni xohlar edim", - dedi Uolsh.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!