13 yildan buyon qurilayotgan besh yulduzli "Ismoili Somoniy" mehmonxonasi yondi

13 yildan buyon qurilayotgan besh yulduzli "Ismoili Somoniy" mehmonxonasi yondi

Dushanbeda, shahar markazida Rudaki prospekti 127-uydagi qurilishi tugallanmagan besh yulduzli "Ismoili Somoniy" mehmonxonasi yondi.

Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xizmati bosh boshqarmasida ma’lum qilinishicha, yong‘in sababi hozircha noma’lum.

Qayd etish joizki, besh yulduzli “Ismoili Somoniy” mehmonxonasi 13 yildan beri qurib kelinmoqda. Mehmonxona kelgusi yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi.

Bu mehmonxona deyarli har yili soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan edi.

Ob’ekt qurilishining buyurtmachisi prezident Devoni bo‘lib, mehmonxona qurilishi bilan "Ismoili Somoniy - 21-asr" xolding kompaniyasi shug‘ullangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!