13 yashar bola: "Dadam ichib olganligi uchun mashina boshqarishga majbur bo‘ldim..."

13 yashar bola: "Dadam ichib olganligi uchun mashina boshqarishga majbur bo‘ldim..."

Surxondaryo viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati taqdim etgan videolavhada "Neksiya" avtomobili YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilganida, uni yosh bola boshqarib borayotganiga guvoh bo‘lasiz. 

Inspektorning so‘rovlaridan ma’lum bo‘lishicha, bola 13 yoshda bo‘lib, maktabning 7-sinfida tahsil oladi. U qo‘shnisining tobi qochib qolganligi uchun mashina boshqarishga majbur bo‘lgan. Uning aytishicha, mashina haydashga ruxsatni mast otasi bergan. Inspektorlar 13 yoshli bolaga bunday paytlarda otasiga rad javobini berish kerakligini, haydovchilik guvohnomasini olmay turib mashina boshqarish qonunga zid ekanligini uqtirishdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!