13 ta jarimasi bor "Nexia2" kredit qarzi uchun xatlandi

13 ta jarimasi bor "Nexia2" kredit qarzi uchun xatlandi

Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi.

Byuroning SH.Rashidov tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining javobgar YU.D.dan "Kapitalbank” ATB filiali foydasiga 83,8 mln. so‘m kredit qarzi va foiz to‘lovini muddatidan oldin undirish hamda undiruvni qarzdorga tegishli “Nexia S GL” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi kelib tushgan, shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Shuningdek, mazkur avtotransportga YHXB organlari tomonidan 13 marotaba qoidabuzarligi sababli 12,8 mln.so‘mlik qo‘llanilgan ma’muriy jarima ham to‘lanmaganligi sababli majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida garov mulki ko‘rsatilgan manzildan topilmaganligi sababli mulkka nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida “Nexia S GL” rusumli avtotransport vositasi Sharof Rashidov tumanida yashirilgan holatda topilib, vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu avtomashina elektron-onlayn auksionda sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorlik qoplanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!