109,2 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi

 109,2 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departametning Konimex tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.A.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari O‘.T. fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan jami 109,2 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!