10 yillik sir: Xitoy Tojikistonda harbiy baza qurmoqda

10 yillik sir: Xitoy Tojikistonda harbiy baza qurmoqda

Xitoy Afg‘onistondan kelayotgan xavfsizlik tahdidlari tufayli Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda. Bu haqda Telegraph nashri sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Deyarli 4 ming metr balandlikdagi tog‘larda joylashgan ob’ektda kuzatuv minoralari va har ikki davlat qo‘shinlari muntazam harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib turadi, deb yozadi gazeta.

Rasmiy darajada, na Dushanbe, na Pekin harbiy inshootning mavjudligini tan olmaydi, garchi uning qurilishi so‘nggi 10 yildan beri davom etayotgan bo‘lsada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!