10 ochkodan ayrilgan Angliya klubi yana 9 ochkodan mahrum bo‘lishi mumkin

10 ochkodan ayrilgan Angliya klubi yana 9 ochkodan mahrum bo‘lishi mumkin


"Everton" moliyaviy qoidabuzarliklar uchun 10 ochko olib tashlandi va Premyer-liga turnir jadvalida oxirgi o‘ringa tushib ketdi.

Shundan so‘ng, so‘nggi yillarda APLdan tushib ketgan "Byornli", "Lids" va "Lester" klublari "Everton"dan 300 million funt tovon puli talab qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, agar klublar uchligi muvaffaqiyatga erishsa, u holda "Everton"dan yana 9 ochko olib qo‘yilishi mumkin va klub bankrotlik xavfi ostida qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!