10-14 may kunlari Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llarining ma’lum bir qismlari yopiladi

10-14 may kunlari Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llarining ma’lum bir qismlari yopiladi

Velosportning shosse turi bo‘yicha «Oqtosh-Chorbog‘ Mountain» xalqaro musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 10-11-13-14 may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llari vaqtinchalik yopiladi.

Xususan:

10 may kuni Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4P10 «Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 80-70-kilometri (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi) oralig‘ida;

11 may kuni Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 54-kilometridan (G‘azalkent shahriga kirish) 75-kilometrigacha («Bochka» ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l;

4P6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 52-kilometridan (G‘azalkent futbol o‘yingohi) 56-kilometr (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) oraliqlari, shuningdek, 4P10 «Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi va «Eski bochka» oraliqlari);

13 may Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 34-kilometridan (Chirchiq shahriga kirish ko‘prigi) 54-kilometriga (G‘azalkent shahriga kirish) qadar;

14 may Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 17-kilometridan (Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofi) 75-kilometrigacha («Bochka» ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l;

4P6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 56-kilometridan (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) 72-kilometrigacha (Amirsoy) bo‘lgan yo‘l oraliqlari, 4P10 «Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi va «Eski bochka» oraliqlari)da transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!