1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushdi

1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushdi

Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar uchun onlayn-qabul boshlanganini e’lon qildi.

"Hurmatli ota-onalar! 2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin.

Xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjud.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!