1 sentyabrdan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi ishga tushadi

1 sentyabrdan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi ishga tushadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun « Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra:

👉 1 sentyabrdan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari Sirdaryo viloyati tajribasida qo‘llangan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi vositasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

👉 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami axborot tizimida shaxsning identifikatori hisoblanadi;

👉 axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma Yagona portal orqali taqdim etiladi va o‘n ikki oy davomida amal qiladi;

👉 Adliya vazirligi 2021 yilning 1 yanvariga qadar “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimida FHDYo organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalarini shakllantirilishini ta’minlaydi;

👉 Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 1 oktyabrga qadar ma’lumotlar taqdim etish maxfiyligi va yopiqligini ta’minlash asosida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomiga olingan pul o‘tkazmalari va ochilgan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimida ro‘yxatga olinganda shaxslarning roziligi bilan taqdim etish imkoniyatini yaratish tavsiya etiladi;

👉 Davlat xizmatlari agentligi 2021 yil 1 yanvarga qadar “FXDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga fuqarolarga tegishli bo‘lgan shaxsiy identifikasiya raqamini biriktirish orqali ariza beruvchining oila a’zolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilishini ta’minlaydi;

👉 bir oy muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqiladi. Bunda, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ustuvorlik daromadi nisbatan pastroq bo‘lgan oilalarga berilishi nazarda tutiladi;

👉 ikki oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etishning yagona tizimini joriy etish, ijtimoiy nafaqalarni, xizmatlarni va yordamni tayinlashda asos qilib olinadigan muhtojlikni aniqlash mezonlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!