1 oktyabrdan ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi guruhlar tashkil etiladi

1 oktyabrdan ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi guruhlar tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirildi hamda ular «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari deb nomlandi.

Ichki ishlar vazirligi «Nurli maskan» maktablariga mas’ullarni biriktirgan holda:

sifatli ta’lim va tarbiya berishga, ular maishiy sharoitlarini yaxshilashga, o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga;

o‘quvchilar jismoniy imkoniyatidan kelib chiqqan holda, ularni sog‘lom, ma’nan yetuk inson qilib tarbiyalashga hamda dunyoqarashini shakllantirish, sport turlariga qiziqtirish va jalb etishga;

o‘quvchilar vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiruvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga doimiy ravishda ko‘maklashadi.

Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda boshqa tibbiy muassasalar malakali shifokorlarini jalb etgan holda, «Nurli maskan» maktablari o‘quvchilarini davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitasiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilyapti.

Bunda, «Nurli maskan» maktablari o‘quvchilarini davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitasiya qilish tadbirlari uchun xarajatlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!