1 martdan Qozog‘istonning 8 ta hududida og‘ir yuk mashinalari uchun cheklov joriy etiladi

1 martdan Qozog‘istonning 8 ta hududida og‘ir yuk mashinalari uchun cheklov joriy etiladi

Respublika ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini qishdan keyin yaxshi saqlash maqsadida har yili bahorda bir osga yuklamasi 8 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalarining harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov kiritiladi. 1 martdan boshlab bunday qoidalar 8 ta viloyatning avtomobil yo‘llarida amal qiladi, deya xabar beradi Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi.

Almati, Atirau, Jambil, Ulitau, Qizilo‘rda, Mang‘istau, Turkiston viloyatlari va Jetisu viloyati “beshinchi yo‘l-iqlim zonasi” deb ataladigan hududga kiritilgan. Bu yerda vaqtinchalik cheklov 1 martdan 1 aprelgacha amal qiladi.

Cheklov xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatuvchi, oziq-ovqat, yo‘lovchi, bagaj, dori-darmon tashiydigan, shuningdek, yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanuvchi transport vositalariga tatbiq etilmaydi.

23 martdan 1 maygacha xuddi shunday cheklovlar Aqmola, Aqto‘be, Abay, Sharqiy Qozog‘iston, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘andi, Qostanay, Pavlodar va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida ham joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!