2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori bino va inshootlarni qurish hamda ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida aytilgan.
2021 yil 1 martdan boshlab:
a) ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda ob’ektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi;
b) quyidagilar:
uy quruvchilar — jismoniy va yuridik shaxslarga, asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar bundan mustasno, mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida), qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
aholi punktlari hududlarining funksional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida ko‘p qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurish;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko‘paytirish (ustki qavat qurish);
o‘zgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) ko‘paytirish taqiqlanadi;
v) loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi «Ekspert xulosalarining yagona reestri»ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.