1 fevraldan ish haqi, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar qancha miqdorda oshadi?

Prezident qaroriga asosan 2021 yil 1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilganidan xabaringiz bor.
Unga ko‘ra 1 fevraldan boshlab:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (amalda 679 330 so‘m);
bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m (amalda 223 000 so‘m);
Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa – 434 000 so‘m (amalda ham shuncha, ya’ni oshmaydi);
Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam – 326 000 dan 653 000 so‘mgacha (amalda ham shuncha, ya’ni oshmaydi);
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
a) bitta bolali oilalarga – 144 100 so‘m (amalda 131 000 so‘m);
b) ikkita bolali oilalarga – 238 700 so‘m (amalda 217 000 so‘m);
v) uchta va undan ortiq bolali oilalarga – 334 400 so‘m (amalda 304 000 so‘m);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga beriladigan bir martalik moddiy yordam – 434 000 dan 1 085 000 so‘m (amalda ham shuncha, ya’ni oshmaydi) etib belgilangan.