1 avgustdan “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

1 avgustdan “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

2020 yil 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish to‘g‘risidagi buyrug‘i imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati https://t.me/Mintrans_uzxabar berdi.

“Ochiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boshlab IATA “Qish 2022/2023” mavsumi yakunigacha ikki yil muddatga uni uzaytirish yoki shartlarni o‘zgartirish imkoniyati bilan O‘zbekiston Respublikasining Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoi, Urganch, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” huquqini qo‘llagan holda joriy etiladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!