Oktyabrdan jarimalarni ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantiruvchi tartib joriy etiladi

Oktyabrdan jarimalarni ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantiruvchi tartib joriy etiladi

Tadbirkorlarga moliyaviy jarimalar bo‘yicha qator yengilliklar beriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini yanada liberallashtirish, bu borada ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda bugungi kunda moliyaviy jarimalarni qo‘llash amaliyotida tadbirkorlar uchun qator muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi. Xususan, ayni paytda jarimalarning aksariyati vakolatli organlar, qolganlar esa sudlar tomonidan qo‘llanilayotgani sud nazoratini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yil 1 oktyabrdan moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantiruvchi yangi va yagona tartibni joriy etish taklif qilindi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ekti vakolatli organning qarori topshirilgan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 50 foizini to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, jarimani olti oy davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda. Bunda qaror topshirilganidan so‘ng bir oy ichida jarima summasining oltidan bir qismi to‘lansa, mazkur tartib avtomatik ravishda amal qiladi.

Sud nazoratini kuchaytirish maqsadida vakolatli organning moliyaviy jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda undirilgan mablag‘larni 15 kun muddatda qaytarish mexanizmini belgilash taklif etildi. Agar ushbu muddat buzilsa, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda foiz hisoblanishi nazarda tutilmoqda.

Moliyaviy jarimalarni qo‘llash jarayonlarini raqamlashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Biznes-ombudsman tomonidan yuritiladigan «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarning elektron reestrini joriy etish taklif qilindi.

Vakolatli organlarning qarorlari qabul qilinganidan keyin elektron raqamli imzo bilan mazkur tizimga kiritilishi shart bo‘ladi. Axborot tizimiga kiritilmagan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda ular asosida jarima undirilmaydi.

Shuningdek, mobil ilova orqali moliyaviy jarimalar hisobini yuritish, ularni monitoring qilish va onlayn to‘lash imkoniyatini yaratish, manfaatdor idoralarning axborot tizimlarini o‘zaro integrasiya qilish zarurligi qayd etildi. Soliq to‘lovchi – tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti orqali moliyaviy jarima to‘g‘risidagi qarorlar ustidan onlayn shikoyat berish va shikoyat kiritilishi bilan qaror ijrosini avtomatik to‘xtatib turish imkoniyatini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Taqdimotda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash tartibini unifikasiya qilishga qaratilgan «Huquqiy ta’sir choralari to‘g‘risida» gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi bildirildi.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni qonunga rioya etgan holda faoliyat yuritishga rag‘batlantirish, jarima qo‘llash amaliyotida adolat va shaffoflikni ta’minlash eng mhim vazifalardan ekanini ta’kidladi.

Takliflarni puxta ishlab chiqib, sud nazoratini kuchaytirish, raqamlashtirishni jadallashtirish va sohada yagona, aniq hamda adolatli huquqiy mexanizmni shakllantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Bo‘g‘ozni yopgandan ko‘ra Eronga boj to‘lagan afzal

Ҳормуз бўғозини бутунлай ёпишдан кўра, кемалар учун божлар жорий қилиш мақбул, деди Франциянинг энг йирик нефт компанияси Total бош директори Le Figaro газетасига.

AQSh qamaliga qaramay, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali 20 dan ortiq kema o‘tib ketdi

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри ёзмоқда.

Trampdan yana bir tanqid

Ватикан эса ўз навбатида Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги таҳдидларини қабул қилиб бўлмас деб баҳолади.

AQSh Eronga yadroviy qurol ishlab chiqarishdan so‘zsiz voz kechish evaziga boshqa imkoniyatni taklif qilmoqda

АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс бу ҳақда Жоржия штати университетида бўлиб ўтган форумда сўзлаган нутқида айтиб ўтди.

Eron raketalarini yana yer osti bazalaridan chiqarmoqda — AQSh ularni to‘liq yo‘q qila olmadi — CNN

Сўнгги АҚШ разведка ҳисоботларига кўра, бир неча ҳафталик жангларга қарамай, Эроннинг ракета қурилмаларининг тахминан ярми ҳали ҳам сақланиб қолган.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.

G‘azo qayta tiklanadimi yoki u yerda yangi, yanada yirikroq harbiy amaliyotlar boshlanadimi?

Трампнинг “тинчлик режаси” 1 млрд доллар ҳам йиға олмади.

Qonli xato: Nigeriyada bozorga hujum sabab 200 kishi halok bo‘ldi

Нигериядаги бозорга ҳужум оқибатида 200 киши ҳалок бўлди.

Akmal Shukurov ishi: Qamalgan sobiq sudyalar garov evaziga ozodlikka chiqdi

Ўз навбатида, Тошкент шаҳар суди раисининг собиқ ўринбосари Муроджон Мирзажоновга нисбатан қўлланилган қамоқ эҳтиёт чораси узайтирилган.

DXX qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektorni qo‘lga oldi

Хусусан, у Тошкент шаҳрида яшовчи, 1995 й.т. фуқарога тегишли 7 турдаги, жами 187 дона қадоқда бўлган минерал ўғит маҳсулотларини “Навоий” чегара божхона пости орқали ўтказиб берганлиги эвазига 20 млн сўм талаб қилган.

Toshkent aeroportida chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Йўловчининг қўл юки ва багажи кўздан кечирилганда, турли қадоқлар ичига яширилган 12 та полиэтилен ўрам аниқланган.

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ тумани “Янги ҳаёт” МФЙ ҳудудида ноқонуний чиқиндихона юзага келгани акс этган видеоматериаллар ижтимоий тармоқларда тарқалди.

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

У бу ҳақда Fox Newsга берган интервьюсида маълум қилди.

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.