Temuriylar tarixini o‘rganish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi

Temuriylar tarixini o‘rganish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi

O‘zbekiston Amir Temur merosini o‘rganish bo‘yicha global markazga aylangani buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya yakunlari bilan yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

25 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ekspert O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga jamoaviy murojaat yo‘lladilar. Unda davlat rahbariga nufuzli forumni yuksak xalqaro darajada tashkil etgani uchun chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik izhor etildi. Ishtirokchilar konferensiya Buyuk Temuriylar davri merosini har tomonlama o‘rganish, anglash va targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi muhim global maydonga aylanganini alohida ta’kidladilar.

Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tgan forum ilmiy jamoatchilik, xalqaro tashkilotlar hamda madaniy muassasalar vakillarini birlashtirdi. Yalpi va sho‘’ba yig‘ilishlari doirasida 200 dan ortiq ilmiy ma’ruza taqdim etildi. Ular Temuriylar davridagi davlat boshqaruv va diplomatiyadan tortib, ilm-fan, san’at, me’morchilik hamda madaniy siyosatgacha bo‘lgan keng qamrovli mavzularni o‘z ichiga oldi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan murojaatida ilgari surilgan g‘oyalar kelgusi tadqiqotlar uchun muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etdilar. Jumladan, Temuriylar davridagi Ikkinchi Renessansni o‘rganish va uning jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini chuqur tahlil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Prezident nomiga yo‘llangan murojaatda Amir Temur va Buyuk Temuriylar sulolasi merosi jahon tarixi ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, Sohibqironning davlatchilik tafakkuri, ilm-fan, madaniyat, shaharsozlik, diplomatiyaga bo‘lgan e’tibori hamda adolatli boshqaruv tamoyillari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolayotgani qayd etildi.

Konferensiya yakunlariga ko‘ra, xalqaro ishtirokchilar Temuriylar merosini o‘rganishning yangi bosqichiga qaratilgan amaliy tashabbuslar paketini taqdim etdilar. Eng muhim natija sifatida xalqaro “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Unda davrni kompleks o‘rganish, ilmiy dasturlarni kengaytirish, fanlararo yondashuvlarni rivojlantirish, shuningdek, qo‘lyozma, arxiv va muzey merosini saqlash, restavrasiya qilish va raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yoshlarda tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini modernizasiya qilish, Buyuk Temuriylar davri madaniy ob’ektlarini xalqaro maydonda targ‘ib etish hamda yosh tadqiqotchilarni grantlar, ilmiy loyihalar va akademik tashabbuslar orqali tizimli qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zaruratiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni kengaytirish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Xorijiy mehmonlar chiqishlarida Yangi O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalariga alohida urg‘u berildi. Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Ahmad Nizomiy shunday ta’kidladi:

«Yaqinda qayta ta’mirlangan Temuriylar muzeyiga tashrif bizda juda katta taassurot qoldirdi. Ekspozisiyaning yuqori darajadagi yechimi, mazmunan chuqurligi va tarixiy haqqoniylikka berilgan e’tibor merosni asrashga jiddiy va tizimli yondashuvni ko‘rsatadi. Ushbu muhim loyiha uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildiraman».

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi ham xalqaro darajada yuksak baholandi va global miqyosdagi nufuzli ilmiy-ma’rifiy platforma sifatida e’tirof etildi. London universitet kolleji Arxeologiya instituti loyihasi rahbari, doktor Milyana Radivoyevich ta’kidlaganidek, Markaz qisqa vaqt ichida katta o‘zgarishlarni boshdan kechirib, bugun zamonaviy muzey va ilmiy makonning eng yorqin namunasiga aylandi:

«O‘tgan yil may oyida bu yerda bo‘lganimda, u hali shakllanish bosqichida edi. Bugun esa oldimizda o‘z ko‘lami, mazmunan chuqurligi va vizual jozibasi bilan hayratga soluvchi to‘liq amalga oshirilgan loyiha turibdi. Eng muhimi, Markaz faqat ekspozisiya bilan cheklanib qolmay, tadqiqot, ta’lim va bilimlarni ommalashtirishni birlashtirgan yaxlit ilmiy-ma’rifiy ekotizimni shakllantirmoqda».

Madaniy dastur doirasida ishtirokchilar Samarqand shahriga tashrif buyurib, Imom Buxoriyga bag‘ishlangan yangi yirik majmua va innovasion muzey bilan tanishdilar. Mazkur ob’ekt xalqaro ekspertlar tomonidan ma’naviy merosni zamonaviy talqinda namoyon etuvchi, ilmiy aniqlik, me’moriy ifoda va ilg‘or muzey texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan namuna sifatida yuqori baholandi. Ta’kidlanganidek, Samarqandda amalga oshirilgan ushbu loyiha islom sivilizasiyasini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish sohasida yangi global standartlarni belgilamoqda.

“Al-Furqon” fondi direktori Sali Shaxsivari shunday dedi:

«Bugun O‘zbekistonda islomiy merosni asrash va rivojlantirish masalalariga davlat darajasida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Prezident tashabbusi bilan barpo etilgan Imom Buxoriy kabi zamonaviy va puxta o‘ylangan majmualar buyuk ma’naviy merosga bo‘lgan chuqur hurmatni namoyon etib, uni ilmiy jihatdan o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Bu milliy madaniy merosni global ilmiy va ta’limiy makonga integrasiya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir».

Konferensiya Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan keng qamrovli xalqaro tadbirlar doirasida tashkil etildi va uning merosini zamonaviy ilmiy va madaniy makondagi o‘rnini muhokama qilish uchun mutaxassislarni birlashtirdi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda ilm-fan, madaniyat va tarixiy merosni asrash sohalarida amalga oshirilayotgan tashabbuslar xalqaro jamoatchilik tomonidan tobora katta qiziqish va e’tirofga sazovor bo‘layotganini ta’kidladilar, bu esa ilmiy almashinuv va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Turkiy madaniyat va meros xalqaro jamg‘armasi rahbari Aqto‘ti Raimqulova ta’kidlaganidek:

«Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizasiyasi markazi bugun muhim ilmiy va ma’naviy markazlardan biriga aylandi. Amir Temur va Temuriylar davridagi Ikkinchi Renessansga bag‘ishlangan ekspozisiyalar mazmunan chuqurligi va yuksak badiiy saviyasi bilan ajralib turadi».

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev ham mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berib, shunday ta’kidladi:

«O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bugun ilmiy tadqiqotlar faollashmoqda, yangi asarlar nashr etilmoqda, zamonaviy madaniy-ilmiy infratuzilma shakllantirilmoqda. Mamlakatda barpo etilayotgan institut va loyihalar bugunning o‘zidayoq noyob bo‘lib, amalga oshirilayotgan jarayonlar ko‘lami Uchinchi Renessansning isboti sifatida baholanishi mumkin».

Yakunda ishtirokchilar Amir Temur va Buyuk Temuriylar sulolasi merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishiga, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga hamda jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shishiga qat’iy ishonch bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron raketalarini yana yer osti bazalaridan chiqarmoqda — AQSh ularni to‘liq yo‘q qila olmadi — CNN

Сўнгги АҚШ разведка ҳисоботларига кўра, бир неча ҳафталик жангларга қарамай, Эроннинг ракета қурилмаларининг тахминан ярми ҳали ҳам сақланиб қолган.

Flik rahbariyatdan deyarli ilojsiz transferni so‘radi

Португалия терма жамоаси ва Франциянинг «ПСЖ» клуби қанот ҳимоячиси Нуну Мендеш фаолиятини Ла Лига грандида давом эттириши мумкин.

Ekvadorda futbol hakami o‘yin paytida maydonning o‘zida otib o‘ldirildi

Эквадорда маҳаллий футбол учрашуви вақтида ҳакам майдоннинг ўзида отиб кетилди. Ҳодиса Пасахе шаҳри ҳудудларидан бирида бўлиб ўтган ҳаваскорлар ўйини давомида содир бўлган.

Dubayning mashhur "Burj Al Arab" mehmonxonasi yopiladi

Бу ҳақда чоршанба куни меҳмонхона вакили маълум қилди.

Qo‘shma Shtatlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kemalar uchun ochmoqda

Шунингдек у яқин ҳафталар ичида Хитойга боришни режалаштираётганини ва Хитой раиси уни "қучоқ очиб кутиб олишини” таъкидлади.

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.

G‘azo qayta tiklanadimi yoki u yerda yangi, yanada yirikroq harbiy amaliyotlar boshlanadimi?

Трампнинг “тинчлик режаси” 1 млрд доллар ҳам йиға олмади.

Qonli xato: Nigeriyada bozorga hujum sabab 200 kishi halok bo‘ldi

Нигериядаги бозорга ҳужум оқибатида 200 киши ҳалок бўлди.

Akmal Shukurov ishi: Qamalgan sobiq sudyalar garov evaziga ozodlikka chiqdi

Ўз навбатида, Тошкент шаҳар суди раисининг собиқ ўринбосари Муроджон Мирзажоновга нисбатан қўлланилган қамоқ эҳтиёт чораси узайтирилган.

DXX qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektorni qo‘lga oldi

Хусусан, у Тошкент шаҳрида яшовчи, 1995 й.т. фуқарога тегишли 7 турдаги, жами 187 дона қадоқда бўлган минерал ўғит маҳсулотларини “Навоий” чегара божхона пости орқали ўтказиб берганлиги эвазига 20 млн сўм талаб қилган.

Toshkent aeroportida chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Йўловчининг қўл юки ва багажи кўздан кечирилганда, турли қадоқлар ичига яширилган 12 та полиэтилен ўрам аниқланган.

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ тумани “Янги ҳаёт” МФЙ ҳудудида ноқонуний чиқиндихона юзага келгани акс этган видеоматериаллар ижтимоий тармоқларда тарқалди.

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

У бу ҳақда Fox Newsга берган интервьюсида маълум қилди.

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.