Argentina Tashqi ishlar vazirligi Buenos-Ayresdagi Eron elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Mohsen Soltani Tehranini persona non grata deb e’lon qildi va unga 48 soat ichida mamlakatni tark etishni buyurdi.
Bu haqda Argentina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Ushbu qaror Eron Tashqi ishlar vazirligining Buyenos-Ayres Argentina va uning rahbariyatiga qarshi yolg‘on, haqoratli va noo‘rin ayblovlarni o‘z ichiga olgan deb hisoblagan bayonotiga javoban qabul qilindi.
Bayonotda bunday bayonotlar mamlakat ichki ishlariga qabul qilib bo‘lmaydigan aralashuv ekanligi ta’kidlangan.
Argentina Tashqi ishlar vazirligi Argentina sud tizimi tomonidan qidirilayotgan shaxslarning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tarkibidagi yuqori lavozimlarga tayinlanishi ayniqsa jiddiy masala ekanligini ta’kidladi.
Eron avvalroq Argentinaning AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro fonida IIQKni terroristik tashkilot deb e’lon qilish qarorini qoralagan va Xavyer Miley ma’muriyatining bu harakatini noqonuniy va ikki tomonlama munosabatlarga zarar yetkazuvchi deb atagan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.
ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.