Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda korrupsion holat fosh etildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, undan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Qo‘lga olish jarayonida u qochishga uringan, biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.
🔍Aniqlanishicha, bosh mutaxassis Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat ko‘rsatishni bir MCHJdan ikkinchi MCHJga o‘tkazish haqidagi uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni billing tizimining “Mening uyim” platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga
2200 AQSh dollari talab qilgan va bu ishlarni o‘zining mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni rejalashtirgan.
⚖️Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
❗️Eslatma: bunday qing‘ir ishlar ortida doimo bitta yakun bor — jinoiy javobgarlik va qamoq.
👉 Har qanday noqonuniy yo‘l bilan pul topishga urinish oxirida erkinlikdan mahrum qilish bilan tugaydi. Qonunni chetlab o‘tish emas, unga rioya qilish — eng to‘g‘ri yo‘l.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.