“Evropa AQShning quli emas!” – Yunker Trampni o‘pkasini bosib olishga chaqirdi

“Evropa AQShning quli emas!” – Yunker Trampni o‘pkasini bosib olishga chaqirdi

Taniqli siyosiy arbob Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi AQShning yangi mustamlakachilik siyosati bilan murosa qilmasligi lozim deb hisoblaydi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritish uchun diplomatik va siyosiy bosimlarni kuchaytirayotgan bir paytda Davos shahridagi Butunjahon iqtisodiy forumini ham yevropaliklar sarosimali kayfiyatda o‘tkazdi.

Dunyo siyosati oqsoqollaridan biri, 2014-2019 yillarda Yevropa komissiyasiga rahbarlik qilgan Jan-Klod Yunker fikricha, Yevropa Ittifoqi ham AQShga ta’sir ko‘rsatish borasida yetarlicha kuch-quvvatga ega.

“Biz AQSh iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘z ixtiyorimizdagi vositalardan foydalanishimiz mumkin. Agar zarurat tug‘ilsa, bunday mexanizmlarni hech tortinmay ishga tushirishimiz kerak”, – degan Yunker Euronews telekanaliga bergan intervyusida.

Bu o‘rinda Yevrokomissiyaning sobiq rahbari YEI tomonidan do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga qarshi iqtisodiy shantaj sabab qo‘llanadigan savdo cheklovlari va yagona Yevropa bozoriga kirish yo‘lini yopishni nazarda tutmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham AQSh rahbari Donald Trampning Grenlandiyani dastaklagan davlatlarga boj joriy etish haqidagi tahdidiga javoban tinchlikni ta’minlash masalasida Fransiya va Yevropaga qo‘rqitish yoki po‘pisa bilan ta’sir ko‘rsatish mumkin emasligini ta’kidlagan edi.

Makron ham Jan-Klod Yunker kabi zarur bo‘lsa AQShga nisbatan iqtisodiy-moliyaviy cheklovlarni qo‘llash lozimligini aytmoqda.

Trampning birinchi prezidentlik davrida Yevropa komissiyasi rahbari vazifasida ishlagan Jan-Klod Yunker u bilan til topishish borasida tajribaga ega. 2018 yilda Tramp Yevropaga qarshi savdo urushi boshlamoqchi bo‘lganida Yunker ziddiyatni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ammo uning fikricha, hozirgi vaziyat 2018 yildagidan keskin farq qiladi, endilikda Tramp bilan do‘stona ohangda gaplashish imkonsiz va u sog‘lom mulohazalarni tinglamaydi ham. Shunga ko‘ra u YEI rahbariyatini AQSh qarshisida qat’iyatli bo‘lishga undamoqda. “EI AQShning quli emas!” deb ta’kidlaydi Yunker.

Tramp Grenlandiyani nazoratga olish uchun har qanday vosita ishga solinishini ta’kidlab, NATOdagi ittifoqchilari va YEI rahbariyatiga bosim o‘tkazmoqda.

NATO bosh kotibi Mark Ryutte prezident Trampga Grenlandiya atrofidagi mojaroni yumshatish uchun Daniya bilan yangi kelishuv tuzish taklifini bildirgan.

Ingliz matbuoti xabariga ko‘ra, asli tujjor bo‘lgan Tramp Grenlandiya aholisini ko‘tarasiga sotib olish imkoniyatini ham istisno etmayotir.

Ayni paytda Trampning ittifoqchilikka xos bo‘lmagan harakatlaridan nafaqat YEIning sobiq ma’muriyati, amaldagi rahbariyati ham xavotir va g‘azabda.

“Biz hamkorlar va ittifoqchilar o‘rtasidagi munosabatlar samimiyat va hurmat asosida bo‘lmog‘i lozim deb hisoblaymiz. Yevropa Ittifoqi o‘z manfaatlarini himoya qilish, o‘zini, a’zo davlatlarni, o‘z fuqarolari va kompaniyalarini har qanday shakldagi majburlov harakatlaridan himoya qilishda davom etadi. Bu borada kuch va vositalarga ega va zaruriyat tug‘ilsa ularni ishga soladi”, – deb bayonot berdi Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta 22 yanvar kuni.

Evropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ham YEI iqtisodiy qudratini oshirishi hamda AQShga qaram bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Унинг сўзларига кўра, Франция Ҳўрмуз бўғози орқали кемалар ҳаракатини тиклаш бўйича ишлаш тарафдори, аммо бу ҳужумкор тарзда бўлмаслиги керак.

Donald Tramp AQSh tarixida Oliy sud majlisida shaxsan ishtirok etgan ilk prezident bo‘ldi

Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.

Axios: AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga sulhni muhokama qilmoqda

Axios маълумотига кўра, АҚШ ва Эрон Ҳўрмуз бўғозини очиш шарти билан сулҳни назарда тутувчи эҳтимолий келишувни муҳокама қилмоқда.