"Geografiya emas, siyosiy tafakkur o‘zgardi": Eldor Aripov Bryusselda Markaziy Osiyodagi yutuqlarni taqdim etdi

"Geografiya emas, siyosiy tafakkur o‘zgardi": Eldor Aripov Bryusselda Markaziy Osiyodagi yutuqlarni taqdim etdi

Joriy yilning 22-yanvar kuni Belgiyaning Bryussel shahrida Martti Axtisari Tinchlik fondi tomonidan Polshaning Yevropa Ittifoqi Kengashidagi raisligi va Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida yuqori darajadagi muloqot o‘tkazildi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, Finlyandiyaning sobiq prezidenti tomonidan asos solingan Martti Axtisari nomidagi tinchlik fondi Yevropa tinchlikparvar diplomatiyosi tizimida alohida o‘rin tutadi. Fond 100 dan ortiq xalqaro ekspert va 300 ta strategik sherikni qamrab olib, Yaqin Sharqdan Yevroosiyogacha bo‘lgan hududlarda 50 dan ortiq tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarga faol ko‘maklashmoqda.

Tadbirda turli mamlakatlardan 120 dan ortiq yuqori martabali vakillar, jumladan, Yevropa tashqi aloqalar xizmati rahbariyati, Yevropa Ittifoqining maxsus vakillari, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari, BMT, Afrika Ittifoqi, Yevropaning yetakchi tahliliy markazlari va tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.

Asosiy ishtirokchilar qatorida BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi bosh kotibi Rebeka Grinspan, Yevropa Ittifoqining Saһel bo‘yicha maxsus vakili Joau Kravinyu, Afrika Ittifoqi Donushmandlar guruhining a’zosi Pumzile Mlambo-Ngkuka va boshqalar ishtirok etishdi.

Asosiy mavzu Yevropa Ittifoqi siyosiy shiorddan o‘zining tashqi siyosatining operasion mantig‘iga aylantirishga intilayotgan “prinsipial pragmatizm” tushunchasini muhokama qilish bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Arіpov O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. U "Tinchlikka erishish uchun prinsipial pragmatizmni qo‘llash" mavzusidagi panel sessiyasida nutq so‘zladi.

Markaziy Osiyo hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keng qamrovli tinchlikparvar siyosatini Muloqot ishtirokchilarining alohida e’tiborini tortdi. Yevropalik mutaxassislar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyodagi izchil va tizimli siyosatini yuqori baholadilar, uning nafaqat mintaqaviy xavfsizlik tizimiga, balki global miqyosda nizolarni bartaraf etish jarayonlariga ham o‘tkazayotgan transformasion ta’sirini qayd etdilar.

O‘zbekiston barcha manfaatdor tomonlarni oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan jalb etishga asoslangan "inklyuziv diplomatiya"ning noib modelini ishlab chiqqanligi alohida ta’kidlandi.

Mintaqa mamlakatlarining faol siyosati Markaziy Osiyoni geosiyosiy raqobat ob’ektidan mintaqaviy muammolarga o‘z yechimlarini yaratishga qodir bo‘lgan xalqaro munosabatlar sub’ektiga aylantirish imkonini berdi.

E.Arіpov o‘z nutqida ta’kidlaganidek, o‘n yil avval Markaziy Osiyo hal qilinmagan chegara masalalari, suv taqsimoti bo‘yicha kelishmovchiliklar, yopiq chegaralar va odamlar orasidagi cheklangan munosabatlar kabi bir qator jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan edi. Bugungi kunda esa vaziyat tubdan o‘zgargan.

Barcha asosiy nizolar hal qilindi, chegaralar ochiq va funksional bo‘ldi, o‘zaro ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Mintaqaviy savdo besh barobar, o‘zaro investisiyalar hajmi ikki barobar ko‘paydi, hatto pandemiya davrida ham Markaziy Osiyo mamlakatlari hayotiy muhim tovarlarni yetkazib berish uchun chegaralarni ochiq holda saqlab qoldi.

"Geografiya emas, siyosiy tafakkur o‘zgardi," - dedi u.

SMTI direktori ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlagan bir nechta asosiy omillarni ajratib ko‘rsatdi. Ular orasida quyidagilar ko‘rsatish mumkin: oliy darajadagi siyosiy iroda – mintaqa rahbarlarining barqarorlik va taraqqiyot yo‘lini ongli ravishda tanlashi; chegaralarni belgilashdan tortib suv resurslarini boshqarishgacha bo‘lgan murakkab masalalarni hal qilishga amaliy yondashuv; mintaqa mamlakatlarining umumiy tarixi va o‘zaro bog‘liqligini anglash; insonlar orasidagi aloqalar, trancchegaraviy savdo va sayyohlik orqali mahalliy jamoalarning faol ishtirokini yordamida mustahkamlangan tinchlik.

"Tinchlik mavhum maqsad emas, balki rivojlanish uchun amaliyot zarurat sifatida qabul qilindi," - deb ta’kidladi SMTI direktori.

Eldor Arіpov tashqi hamkorlar bilan munosabatlar haqida so‘zlar ekan, O‘zbekistonning Afg‘oniston borasidagi siyosatiga alohida e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, Toshkent izolyasiya barqarorlikni ta’minlash vositasi bo‘la olmasligiga qat’iy ishonch bilan yondashmoqda.

"Izolyasiya modernizasiyaga ham, barqarorlikka ham yordam bermaydi - aksincha, ekstremizm va terrorizm uchun zamin yaratadi," - dedi u.

O‘zbekiston iqtisodiy integrasiyaga Afg‘onistonda va umuman mintaqada barqaror tinchlikning asosiy omili sifatida qaraydi. Misol tariqasida Afg‘oniston va Pokiston tadbirkorlari vizasiz rejimda biznes yuritishi mumkin bo‘lgan Termiz shahridagi Xalqaro savdo markazi keltirildi. Bugungi kunda u yerda 200 dan ortiq afg‘onin korxonalari faoliyat yuritmoqda. Shundan tashqari, Afg‘oniston hududida sanoat klasterini tashkil etish rejalashtirilgan.

So‘zining yakunyda SMTI direktori Markaziy Osiyoning mintaqadan tashqarida tinchlik o‘rnatishga qo‘shgan hissasi tayyor yechimlarni eksport qilish emas, balki pragmatik yondashuvning samaradorligini ko‘rsatishda ekanligini ta’kidladi.

"Mintaqaviy mas’uliyat, iqtisodiy integrasiya va pragmatik hamkorlik diplomatik va xavfsizlik choralarini to‘ldirishga, ularning natijasini kuchaytirishga qodir," - deya xulosa qildi u.

Bryusselga tashrifi doirasida Yeldor Arіpov Yevropa va xalqaro tadqiqot markazlari, jumladan, Xalqaro inqiroz guruhi (ICG), Yevropa Ittifoqi xavfsizlik tadqiqotlari instituti (EUISS), Marti Axtisari nomidagi tinchlik fondi, Yevropa siyosati markazi (EPC) va Yevropadagi Karnegi fondi vakillari bilan bir qator mazmunli uchrashuvlar o‘tkazdi. Bundan tashqari, Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida yevropalik sheriklar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi. SMTIning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ilmiy-akademik va tahliliy markazlari bilan ekspert muloqotini faollashtirish va hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi. Ikki va ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va takliflar ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Унинг сўзларига кўра, Франция Ҳўрмуз бўғози орқали кемалар ҳаракатини тиклаш бўйича ишлаш тарафдори, аммо бу ҳужумкор тарзда бўлмаслиги керак.

Donald Tramp AQSh tarixida Oliy sud majlisida shaxsan ishtirok etgan ilk prezident bo‘ldi

Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.

Axios: AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga sulhni muhokama qilmoqda

Axios маълумотига кўра, АҚШ ва Эрон Ҳўрмуз бўғозини очиш шарти билан сулҳни назарда тутувчи эҳтимолий келишувни муҳокама қилмоқда.