O‘zbekiston milliy terma jamoasining "qo‘rg‘oni" Husniddin Aliqulov Turkiya Superligasining "Gyoztepe"ga qarshi bahsida (19 yanvar) og‘ir jarohat olgan edi.
"Chaykur Rizespor" klubi tibbiy komissiyasi raisi, professor Hasan Turut futbolchining sog‘lig‘i borasida rasmiy ma’lumot berdi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasi kutilganidan ham ayanchliroq bo‘lib chiqdi. Himoyachining chap tizzasida bir yo‘la bir nechta jiddiy shikastlanishlar aniqlangan.
Shifokorlarning qaroriga ko‘ra, Aliqulov yaqin kunlarda jarrohlik stoliga yotadi. Uning yashil maydonlarga qaytishi uchun taxminan 6 oydan 9 oygacha vaqt talab etiladi. Bu esa Husniddin uchun joriy mavsum muddatidan avval yakunlanganini va katta ehtimol bilan terma jamoamizning Jahon chempionatidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishini anglatadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.