Isroil Xavfsizlik Vazirligi G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi Rafah o‘tish punktini ochmaslikka qaror qildi.
Bu haqda Isroilning Ynet axborot agentligi mahalliy manbaga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan G‘azo tinchlik rejasining ikkinchi bosqichiga o‘tish doirasida o‘tish punktini ochish bo‘yicha AQSh talablariga zid ravishda qabul qilingan.
Etakchi Isroil manbasi Ynet nashriga bergan intervyusida G‘azo tinchlik kengashiga Turkiya va Qatar vakillarining kiritilishi "Isroil va AQSh o‘rtasidagi dastlabki kelishuvlarga kiritilmagan"ligini aytdi.
"Yangi organning vakolatlari va roli qanday bo‘lishi noma’lum", dedi manba qarorga izoh berar ekan.
Avvalroq Isroil Bosh vaziri devoni G‘azo kengashining tarkibi Isroil rahbariyati bilan kelishilmaganini va "uning siyosatiga zid" ekanligini ma’lum qilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.