Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQShning G‘azo tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifini qabul qildi.
Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Aleksandr Lukashenkoga taklifi Belarusni G‘azo tinchlik kengashining asoschi a’zosi bo‘lishga undaydi.
"Biz Amerika tomoni Belorussiyani mustahkam tinchlik o‘rnatish va kelajak avlodlar uchun xavfsiz va farovon kelajakka sarmoya kiritish kabi oliyjanob mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor mamlakat sifatida ko‘rishini yuqori baholaymiz. Taklif Belarus Respublikasi Prezidenti tomonidan ijobiy qabul qilindi”, deb ta’kidladi vazirlik.
Belarus Tashqi ishlar vazirligi Tinchlik kengashi o‘z doirasi va vakolatlarini tashabbusda taklif qilingan mandatdan ancha tashqariga kengaytirishiga umid bildirdi: “Bu unga har qanday xalqaro mojarolarni hal qilish bo‘yicha global jarayonlarda faol ishtirok etish imkonini beradi, bu esa oxir-oqibat yangi xavfsizlik arxitekturasini yaratishga hissa qo‘shadi”.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.