Nashrning xabar berishicha, bir necha kun avval razvedka maqsadida Grenlandiyaga yuborilgan Bundesver harbiylari guruhi orolni kutilmaganda va hech qanday tushuntirishsiz tark etmoqda. Bild buni Nuuk aeroportida askarlarni barcha buyumlari bilan ko‘rgan muxbiriga tayanib yozmoqda.
Bild ma’lumotiga ko‘ra, nemis harbiylari buyruqni 18 yanvar tongida Berlindan olgan. Shu bilan birga, nashrning yozishicha, nemis razvedka guruhi qo‘mondoni admiral Shtefan Pauli bundan bir kun avval ittifoqchi davlat vakillari bilan keyingi hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashganini, bu haqda Berlinda hisobot berganini va Daniya tomoni bilan navbatdagi qadamlarni muhokama qilish uchun ruxsat kutayotganini aytgan edi.
Harbiylarning Grenlandiyadan shoshilinch jo‘nab ketish sababi noma’lum. Bild taxminiga ko‘ra, bu Donald Trampning Grenlandiyaga harbiy yuborgan sakkizta davlatga nisbatan bojlar joriy etish tahdidi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.