Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchta Rossiya fuqarosi va ikkita yuridik shaxsga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Tegishli 60/2026-sonli farmon davlat rahbarining veb-saytida e’lon qilindi.
Cheklovlar, xususan, Paralimpiya qo‘mitasi va Rossiya kibersport federasiyasiga taalluqlidir.
"Ular orasida Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydigan va bosqinchilarning harakatlarini ma’qullaydigan rossiyalik bokschi va jangchi ham bor. Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti, shuningdek, Rossiya kibersport federasiyasi va uning prezidenti sport maydonlaridan Ukrainaga qarshi rivoyatlar va Rossiya targ‘ibotini tarqatish uchun foydalanmoqda va shu bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlashga harakat qilmoqda", deyiladi bayonotda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.