Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bir necha erkak 14 yoshli qizga nisbatan zo‘rlik ishlatdi. Bu haqda IIV Xotin-qizlar va bolalar ishlari boshqarmasiga tayanib Gazeta.uz xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bir necha yosh yigit 14 yoshli qizga nisbatan zo‘rlik ishlatgani haqida xabarlar tarqaldi. Ularda 23 yoshli to‘rt nafar yigit ushlangani aytilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, 10 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan, sud tomonidan ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bolalar ombudsmani Surayyo Raxmonova mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.