Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Mask Eronda ommaviy norozilik namoyishlari va butun mamlakat bo‘ylab aloqa deyarli butunlay uzilib qolgan bir paytda Starlink’ga bepul kirish imkoniyatini ochdi.
Starlink Eronda rasman taqiqlangan, ammo inson huquqlari faollarining hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda allaqachon 50 000 dan ortiq noqonuniy olib kirilgan terminallar mavjud. Hukumat sun’iy yo‘ldosh signalini to‘sib qo‘yishga va foydalanuvchilarni aniqlashga harakat qilmoqda, ammo tizimni to‘liq blokirovka qila olmayapti.Sun’iy yo‘ldosh interneti hukumat cheklovlarini chetlab o‘tishga imkon beradi, chunki u milliy infratuzilmaga bog‘liq emas.
Ayni paytda, G‘arb ommaviy axborot vositalari Eronda norozilik namoyishlarini bostirish natijasida qurbonlar soni keskin oshganini xabar qilmoqda, ammo internet va aloqa uzilishi tufayli hodisaning ko‘lamini tekshirishning iloji yo‘q.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.