O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSh Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovichni qabul qildi.
Eksimbank hukumatning rasmiy eksport-kredit agentligi bo‘lib, AQSh kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ularga sug‘urta, kafolat va kredit vositalarini taqdim etadi.
Ushbu nufuzli institut bilan tayyorlangan qo‘shma dastur asosida energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, AT va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Eksimbankning mamlakatimiz aviaparkini modernizasiya qilish va “Boeing” samolyotlarini yetkazib berishdagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy hamkorlikni davom ettirish va uzoq muddatli sheriklik rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda AQSh Eksimbanki o‘rtasida imzolangan Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim almashildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.