So‘nggi yillarda moliyaviy jinoyatlar soni oshib bormoqda. Buxoroda shunday jinoyatlarning aksariyati yoshlar tomonidan sodir etilayotgani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xodimi Umid Barakayev ma’lum qilmoqda.
Kogon tumanidagi Tuni iroq mahallasida yashovchi 32 yoshli fuqaro R.J. o‘zi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan shaxsga «chuv» tushgani haqida ichki ishlar organlariga bildirgan. Holatga ko‘ra, R.J. o‘ziga avvaldan notanish bo‘lgan shaxs bilan muloqatga kirishib, uning tomonidan berilgan taklif va va’dalarga qiziqqan. O‘zining Angliya davlatiga ishga jo‘nab ketishi mumkinligiga ishongan R.J. suhbatdoshi jo‘natgan plastik karta raqamiga 1million 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni ko‘chirgan. Pulni ko‘chirishi bilan «blok»ka tushgan R.J. oradan bir necha kun o‘tgach, ichki ishlar organlariga xabar berishga majbur bo‘lgan. Tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan noma’lum shaxsga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Holatni Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi 22 yoshli shaxs yuzaga keltirgani aniqlangan.
«Ayni paytda jinoyat ishida gumon qilinayotgan ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi aniqlashga qaratilgan tezkor-texnik surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Yana bir boshqa holatga ko‘ra, noma’lum shax g‘ijduvonlik M.D.ning bank plastik kartasidan 1 344 ming so‘m pullarni yechib olgan. Holat Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi shaxs sodir qilgani fosh etildi. Aybdor 21 yoshda. Bu, albatta, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga singib ketib, ulardan g‘ayir maqsadlarda foydalanishayotganini ko‘rsatadi. Ular har bir noto‘g‘ri tashlangan qadam jazosiz qolmasligini jinoyat sodir etguniga qadar tan olishni istashmaydi»,- deydi Umid Barakayev.
Xuddi shunday moliyaviy jinoyatlardan yana biri Shofirkon tumanida yuzaga kelgan. 19 va 22 yoshli Arabxona hamda Do‘rmon mahallasida yashovchi shaxslar tomonidan sodir etilgan. Ikki shaxs o‘zaro til biriktirib, «Soxta pul» nomi bilan kanal ochib, haqiqiy pullarga o‘xshash bo‘lgan soxta pullarni arzon narxlarda sotishni aytib, «mijozlar» ishonchini qozonishgan. O‘zlarida soxta pul mavjud bo‘lmasa-da, amalda biror bir fuqaroga soxta pullarni yetkazib bermasdan, Kogon shahrilik 2007 yilda tug‘ilgan fuqaroga haqiqiy pulga o‘xshash kupyularni yetkazib berishini aytib, 600 ming so‘m pullarni boshqa plastik kartaga o‘tkazgan. Biroq, hech qanday pullarni yetkazib bermasdan, firibgarlik jinoyatini sodir etishgan.
Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.
Бу ҳақда 2 июль куни "Россия Фанлар академиясининг ягона геофизика хизмати" Федерал тадқиқот марказининг Камчатка бўлими "Телеграм"даги каналида маълум қилди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.