Surxondaryoda er-xotinning janjali ayanchli tugadi

Surxondaryoda er-xotinning janjali ayanchli tugadi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi A.H. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i O.U.ning bosh va bel qismlariga temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, O.U. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. A.H. ushlangan.Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!