Zoir Mirzayev Qashqadaryoni tozalashni boshladi (FOTO)

Zoir Mirzayev Qashqadaryoni tozalashni boshladi (FOTO)

Qashqadaryo viloyatiga yaqinda tayinlangan hokim vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev dastlabki ish kunlarini Qarshi shahridagi holatni o‘rganishdan boshlagan ko‘rinadi. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma’lum qilishicha, Zoir Mirzayev dastlab Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uylarni sovuq kunlarda isitish tizimi qanday yo‘lga quyilganligi holatini o‘rgandi.

Viloyat hokimi isitish tizimini joriy yilning 20 noyabr kuniga qadar ishga tushirish va bu orqali uylarning qo‘lbola va turli xil yo‘llar bilan isitilishini oldini olishga erishilishini ta’kidlagan.

— Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida is gazidan zaharlanib jami yetti kishi vafot etdi, — dedi viloyat hokimi. — Bu kabi holat e’tiborsiz qoldirilgan har qanday joyda bo‘lishi mumkin. Mas’ullar bugundan boshlab ushbu holatga doir barcha zaruriy choralarni ko‘rishi va insonlar taqdiriga befarq qarashdek yomon illatni yo‘qotishi kerak.

Hokim hududni ko‘zdan kechirish davomida xunuk holatga ham duch kelgan. Ko‘cha bo‘yidagi oshxona tandiri ichi chiqindi bilan «to‘ldirilib qo‘yilgan».

Bu tandirxona «snos»ga tushdi. Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

«50 metr naridagi chiqindixonaga borishni ep ko‘rmagan tadbirkor qanday rivojlansin?» — deb yozadi hokimlik matbuot xizmati.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev Qarshi shahridagi ta’lim muassasalari atrofidagi savdo do‘konlarida muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotganini aniqlagan. 

«Endi ta’lim muassasalari atrofida energetik ichimliklar va muddati o‘tgan mahsulotlar sotilishi ham jiddiy nazoratga olinadi. Bu kabi jihatlarga ham ota-ona, ham tadbirkor mas’ul ekanligini unutmaylik!», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!