Zelenskiy qish oldi Ukrainaga qanday qurollar kerakligini aytdi

Zelenskiy qish oldi Ukrainaga qanday qurollar kerakligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qish oldi mamlakat armiyasiga qanday qurollar kerak bo‘lishin aytdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina artilleriya snaryadlarini yetkazib berish bo‘yicha Yevropa strategiyasini amalga oshirishni tezlashtirishi kerak, mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlariga muhtoj. Siyosatchi Ukraina frontda hujum amaliyotlarini davom ettirayotgani va o‘z hududini bosqichma-bosqich ozod qilayotganini aytdi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining harbiy yordam missiyasi doirasida harbiylarni tayyorlashni kengaytirish zarurligini bildirdi.

“Ukrainadagi uchuvchilarimiz va infratuzilmamiz hozirda F-16 dan foydalanishga o‘rgatilmoqda. Bu, albatta, rus terroridan himoya qilishga yordam beradi. EUMAM missiyasi uchun ukrainalik F-16 uchuvchilari va muhandislik xodimlarini tayyorlash modullarining birlashtirishni intiqlik bilan kutamiz”, — dedi Zelenskiy.

Siyosatchi qish oldidan Ukrainaning havo qalqonini mustahkamlashda imkon qadar faol bo‘lish kerakligini ta’kidladi.

U Ukraina tomonidan qabul qilingan Patriot, Iris-T, Nasams va boshqa havo hujumidan mudofaa tizimlari hozirdanoq ijobiy rol o‘ynab, insonlar hayotini saqlab qolayotganini ta’kidladi.

Bizga bunday tizimlar ko‘proq kerak. Xususan, janubiy hududlarimizni himoya qilish uchun bir nechta Patriotlar vaziyatni tubdan o‘zgartirishi mumkin.

Zelenskiy Ukraina uchun 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan umumiy moliyalashtirish hajmi 50 milliard yevro bo‘lgan Ukraine Facility moliyaviy vositasining ishga tushirilishi juda muhim qadam ekanini aytdi.

“Umid qilamizki, yaqin kelajakda ushbu hujjat Yevropa Ittifoqi institutlari tomonidan tasdiqlanadi”, — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!