Zelenskiy: "Muzokaralarda hudud masalasi eng qiyini bo‘ldi"

A A A
Zelenskiy: "Muzokaralarda hudud masalasi eng qiyini bo‘ldi"

Ukraina va AQSh delegasiyalari o‘rtasidagi kechagi muzokaralarda hudud masalasi eng qiyin masala bo‘ldi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Parijda fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

"Ukraina va AQSh delegasiyalarining kechagi muzokaralarida hududiy masala eng qiyin masala bo‘ldi, uning o‘zi 6,5 soat davomida muhokama qilindi", — dedi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi tinchlik rejasi 28 banddan iborat dastlabki rejadan yaxshiroq ko‘rinadi.

Ukraina rahbari Rossiyaning Kupyansk ustidan nazorat o‘rnatgani haqidagi iddaolarni ham rad etdi: "Rossiya Rossiya armiyasi shaharlarga kirganini da’vo qilmoqda, ammo ular hamon bizning nazoratimiz ostida. Kupyansk bizning nazoratimiz ostida. Albatta, Rossiya bir necha hujum harakatlarini amalga oshirdi, biroq ularning hech biri muvaffaqiyatli bo‘lmadi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

MrBeast: “O‘zbekistonda muxlislarim shu qadar ko‘pki, balki ketishimizga to‘g‘ri kelar”

Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга бормагани, у ерга фақат тасвирга олиш гуруҳи келганини маълум қилди

Nega aynan Erkinjon Turdimov? Bu qaror ortida qanday omillar turibdi?

ЭркинÐ