Zelenskiy: "Ishonchim komilki, Ukraina va Gruziya Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanadigan kun keladi"

Zelenskiy: "Ishonchim komilki, Ukraina va Gruziya Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanadigan kun keladi"

Shveysariyada bo‘lib o‘tayotgan Global tinchlik sammiti doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziya rahbari Salome Zurabishvili bilan uchrashdi.

Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

"Ishonchim komilki, Ukraina va Gruziya birgalikda Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanadigan kun keladi", dedi u.

Zelenskiy qayd etganidek, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va ikki davlat oldida turgan xavfsizlik muammolari muhokama qilindi.

“Men prezident Zurabishviliga Ukrainaning energetika sektoriga qarshi Rossiyaning havo terrori haqida gapirib berdim. Shuningdek, Gruziya prezidentiga biz uchun juda muhim bo‘lgan tinchlik sammitidagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdim”, — deb yozgan Zelenskiy.

Gruziya ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, bu ikki davlat rahbarlarining Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanganidan beri birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralaridir. “Gruziya orzusi” partiyasini Kiyevni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamagani uchun keskin tanqid qilgan Zurabishvili so‘nggi ikki yil davomida Zelenskiy bilan bir necha bor telefon orqali gaplashgan va xalqaro forumlar doirasida uchrashgan, biroq to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuvlar bo‘lmagan.

Zurabishvili ma’muriyatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, Zelenskiy ma’muriyati rahbari Andrey Yermark va mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Yuliya Sviridenko ham ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!