Zelenskiy: Donbass hozir bizning birinchi raqamli maqsadimiz

Zelenskiy: Donbass hozir bizning birinchi raqamli maqsadimiz

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina harbiylari Rossiya armiyasini ushlab turish uchun kurashayotgan Donesk viloyatida ayniqsa keskin vaziyat yuzaga kelganini aytdi.

"Bu bizning birinchi raqamli vazifamiz hozir, chunki Donbass hamon bosqinchilar uchun birinchi raqamli maqsad", dedi Ukraina prezidenti kechki murojaatida.

"Rossiyaning Donesk viloyatidagi doimiy hujumiga urinishlari, shubhasiz, urushlar tarixiga o‘z askarlarining eng beadab qotilliklaridan biri sifatida kiradi", deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, hozir qo‘mondonlik uchun asosiy vazifa Ukraina armiyasini qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ta’minlashdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!