Zarbali-to‘lqinli terapiya orqali "tovon pixi" qanday davolanadi?

Zarbali-to‘lqinli terapiya orqali "tovon pixi" qanday davolanadi?

— Xalq tilida "tovon pixi" deb nomlanadigan plantar fassiit – tovon yumshoq to‘qimasining yallig‘lanishi oqibatida hosil bo‘ladigan suyak o‘simtasidir.

Bunda sakrash, kuchli zarba, kun bo‘yi tik oyoqda yurish, semizlik, gavda vazni oyoqlarga noto‘g‘ri taqsimlanishi kabi omillar ta’sirida tovonlar ortiqcha zo‘riqishdan yallig‘lanadi.

Ana shu jarohatlar o‘rnida suyak o‘simtalari shakllanib, harakatlanganda yumshoq to‘qimalarga qadaladi va bemor og‘riqdan aziyat chekadi.

Xo‘sh, bu o‘simtalar qanday davolanadi?

Radial to‘lqinli terapiya orqali "tovon pixi"ni yo‘qotish hozirda eng samarali usullardan biridir.

Bunda shikastlangan joyga, ya’ni "tovon pixi"ga maxsus apparat yordamida tovushli, zarbali-to‘lqinli ta’sir o‘tkaziladi.

Bunday to‘lqin faqat yallig‘lanish va og‘riqqa qarshi ta’sir ko‘rsatib qolmasdan tuzli cho‘kindilarni ham maydalaydi.

Zarbali-to‘lqinli terapiyaning asosiy samarasi, avvalo, og‘riqni to‘xtatish, oyoq kaftida harakat ko‘lamini tiklash va yuklamalarga chidamlilikni oshirishdan iborat.

Asosiy muolajaga qo‘shimcha ravishda yallig‘lovchi jarayonlarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan davolash choralari ham qo‘llaniladi.

Bunda nosteroid yallig‘lanishga qarshi hamda tarqatuvchi ta’sirga ega bo‘lgan gel va surtmalar qo‘llaniladi, fizioterapiya, rentgenoterapiya va jismoniy mashqlar tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!