​“Yo‘tal” dorimi yoki “ko‘knori”?

​“Yo‘tal” dorimi yoki “ko‘knori”?
Mehmon bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganda qo‘l sumkasi ichidagi 2 dona “Sough” nomli qutilar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.
 
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postining piyodalar yo‘lagiga Afg‘on millatiga mansub Rossiya Federasiyasi fuqarosi Z.M.A. kirib keldi. Mehmon bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganda qo‘l sumkasi ichidagi 2 dona “Sough” nomli qutilar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.
 
Og‘zaki so‘rov jarayonida Z.M.A. ushbu qutilarni o‘zi uchun olgani va ichida yo‘talga qarshi damlama borligini ma’lum qildi. Sergak bojxona xodimlari qutilarni ochib ko‘rganida ayrim giyohlar bilan aralashtirilgan og‘irligi 86,72 grammni tashkil etuvchi “ko‘knori” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
 
Shunday qilib, yurtimizga kirib kelishi mumkin bo‘lgan yana bir zahri qotilning yo‘li to‘sildi va Z.M.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
 
– Mamlakatimiz hududiga turli yo‘llar bilan giyohvand moddalarni kiritishni xayol qilgan shaxslar qattiq adashadi, – deydi viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi inspektori Shoxruz O‘ralov. – Masalan, mazkur chegara bojxona postida qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasidan yurtimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda “uddaburon”lik qilmoqchi bo‘lgan nopok shaxslar siri fosh bo‘lib qoldi. Vagon konstruksiyasining xufiya joyiga ustamonlik bilan yashirib olib kirilayotgan 48,4 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!