Indoneziya futbol federasiyasi (PSSI) prezidenti Erik Tohir 15 avgust kuni U-17 terma jamoasi O‘zbekiston kabi kuchli raqibni kutilmaganda 2:0 hisobida mag‘lub etgach (2:0), jamoaga ortiqcha xursand bo‘lmaslik haqida ogohlantirdi.
Indoneziya U-17 terma jamoasining O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini mag‘lub etishi mahalliy OAV va muxlislar uchun katta quvonch bo‘ldi. Ular buni mamlakat futboliga kiritilgan investisiyalar o‘z samarasini berayotgani va Jahon chempionati darajasiga chiqish yo‘lida to‘g‘ri qadamlar qo‘yilayotgani sifatida baholashdi.
O‘zbekiston – Osiyoda futbol rivoji eng yuqori sur’atda ketayotgan davlatlardan biri, uning terma jamoasi tarixda ilk bor 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan. Shu bois ularni mag‘lub etish oson emas, deb hisoblashadi.
Bu g‘alaba Indoneziyada futbol rivojiga ishonch uyg‘otdi. Indoneziya U-17 terma jamoasi 3–27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shimoliy Sumatrada (Indoneziya) o‘tkazilgan “Mustaqillik kubogi” xalqaro o‘rtoqlik turnirida orol davlati o‘smirlar terma jamoasi avvalo Tojikiston bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi, so‘ng O‘zbekistonni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Finalda ular Afrikadagi yana bir kuchli raqib – Mali U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. G‘alaba qozonsa, chempion bo‘ladi. Hozirgi holatda Indoneziya U-17 terma jamoasi Mali U-17 dan 2 ochko orqada, raqib esa ikki o‘yinda ham g‘alaba qozongan.
Muxlislar optimizmiga javoban PSSI prezidenti Erik Tohir jamoani bir tomondan maqtar ekan, shunday dedi:
“Sizlar qo‘lga kiritgan natijalardan ortiqcha xursand bo‘lmang. E’tiborni yo‘qotmang va bo‘shashmang. Oldinda Mali bilan yana bir o‘yin turibdi. Bu jiddiy sinov va raqib o‘z kuchini namoyish qildi. Ular ikki o‘yinda ham g‘alaba qozondi va U-17 jamoamiz uchun jiddiy raqib bo‘ladi. Umid qilamanki, butun jamoa yig‘ilib, o‘z kuchini maksimal ishlatadi. Bizdagi asosiy maqsad – kelgusi Jahon chempionatida munosib ishtirok etish, hali ungacha yo‘l bor”.
CNN Indonesia ma’lumotiga ko‘ra, Indoneziya U-17 va Mali U-17 o‘rtasidagi uchrashuv 18 avgust kuni soat 20:30 da bo‘lib o‘tadi va unda PSSI’ning ko‘plab rasmiy shaxslari, shu jumladan janob Erik Tohir ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.