Yurtimizdagi ma’nan eskirgan kompyuterlarni yangilash uchun katta mablag‘ ajratiladi

Yurtimizdagi ma’nan eskirgan kompyuterlarni yangilash uchun katta mablag‘ ajratiladi

2023–2024 yillarda O‘zbekistondagi maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun 400 milliard so‘m mablag‘lar ajratiladi. Bu haqda “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida so‘z boradi.

Shuningdek 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida internet tezligini kamida 40 Mbit/soniya, o‘quvchilar soni 400 nafardan yuqori bo‘lganlarda – kamida 100 Mbit/soniya bo‘lishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!