Yurtimizda koronavirusga bir kunda o‘rtacha 10 mingta PZR-test topshirilmoqda

Yurtimizda koronavirusga bir kunda o‘rtacha 10 mingta PZR-test topshirilmoqda

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining dinamikasiga nazar tashlasak, joriy yil 14 iyundan boshlab aholi orasida kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan ortayotganini ko‘rish mumkin.

Shu bois ayni paytda yurtimizda xastalikni erta aniqlash, o‘z vaqtida zarur davo choralarini ko‘rish maqsadida COVID-19ga gumon qilingan shaxslardan PZR-test tahlillarini olish ishlari samarali tashkil etilyapti.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 15-25 iyun kunlari mamlakatimizda kuniga o‘rtacha 5629 ta, jami 62 mingga yaqin PZR-test sinamasi o‘tkazilgan.

So‘nggi kunlarda esa bu raqam qariyb ikki barobarga ortib, kuniga o‘rtacha 10 ming nafar fuqarodan PZR-test tahlillari olinmoqda.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yil iyun oyining oxirgi haftasida jami 284 500 ga yaqin ana shunday sinama tahlillari o‘tkazilgan edi.

Ma’lumot uchun, kecha O‘zbekistonda yana 97 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 240 764 nafarga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!