Yurtimiz bo‘ylab yana 136 kishida koronavirus aniqlandi

Yurtimiz bo‘ylab yana 136 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 15 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 565 (+136) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 52 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli A.R. (erkak) vafot etdi.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 314 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 53 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi. 

❗️Shunday qilib, yurtimizda 45 058 (+532) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 104 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!