Yuqorichirchiq tumanida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet xodimi ushlandi

Yuqorichirchiq tumanida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet xodimi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti xodimi F.X. fuqaro SH.ni ushbu universitetda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni 4 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!