Yo‘l qurilishlari ko‘zdan kechirildi

Yo‘l qurilishlari ko‘zdan kechirildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanidagi 4R47 “Bulung‘ur – Urgut” avtobil yo‘lining 2 km qismidan o‘tuvchi temir yo‘l kesishmasida transport tunneli qurish ob’ektida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-404-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

O‘rganish davomida, mazkur qurilish ob’ekti bo‘yicha Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshtemiryo‘lloyiha” MCHJ, Bulung‘ur tuman hokimligi va boshqa mutassadi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirokida mavjud muammolar o‘rganilib, ob’ektda qurilish to‘xtamasligi uchun xududda joylashgan temir yo‘l infratuzilmasini zudlik bilan ko‘chirish masalasi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ortiqcha harajatlarni maqbullashtirish choralarini ko‘rish, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish, ob’ektni o‘z vaqtida va sifatli topshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!