Yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratiladi

Yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratiladi

Hukumat qarori (637-son, 12.10.2021 y.) bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga ko‘ra, kreditlar banklar tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.

💰 Kreditlar yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratiladi.

📝 Bunda tegishlicha “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari kafilligi taqdim etiladi.

📌 Kafillik berilganligi uchun to‘lov (mukofot puli) undirilmaydi.

✅ Qarz oluvchilar, jumladan, quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:

🔸 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan;
🔸 yangi (ikkala tomon uchun birinchi marotaba) turmush qurgan;
🔸 ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan bo‘lishi kerak.

➡️ Shunga ko‘ra, yoshlarning alohida toifalariga kreditlar:

➖ bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
➖ 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
➖ boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
➖ bir qarz oluvchiga 33 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda beriladi.

⏳ Tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng bank 3 ish kunida ariza beruvchiga kredit berish masalasini ko‘rib chiqadi.

❕ Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi imzolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!