Yoshlar huquqbuzarliklari profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllari

Yoshlar huquqbuzarliklari profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllari

Yoshlik insonning porloq kelajagi uchun urug‘ qadaydigan bahor pallasidir. Bu ne’matdan unumli foydalanib, o‘zining salohiyatini oshirib borgan, jamiyatda munosib o‘rin egallashga kirishgan insonning ertasi nurafshon. Ammo, ayrimlar “Yoshlik-beboshlik” deya nojo‘ya harakatlarga ko‘l urib jinoyat ko‘chasiga kirib qolganini bilmay qolyapti. Bundaylar o‘z boshiga o‘zi kulfat sotib oladi, desak xato bo‘lmaydi. Agar ular ham o‘z muvaffaqiyatlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yoshlardan ibrat olganida, ularning ota-onalari farzandlariga befarq bo‘lmaganlarida edi bugun yoshlar jinoyatchiligi ancha kamayardi. Adashgan yoshlar mayda bezorilik, o‘g‘irlikka qo‘l urib bebaho, betakror umrning oltinga teng davrini panjara ortida o‘tkazmagan bo‘lardilar.

Yoshlar ertamiz ko‘zgusi. Ularning kelajagi butun bir millatning shirin tashvishidir. Hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki bir qator tashkilotlar va idoralar ham mas’ul etib belgilangan.

Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda mas’ullar asosiy e’tiborni nimalarga qaratyapti?

Bugun jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining yoshlar o‘rtasida kuzatilayotgani achchiq haqiqat. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarga nisbatan 25 foizga yetgan. Mutasaddilar “Kasalni davolagandan ko‘ra, oldini olgan ma’qul”, degan naqlga amal qilgan holda jinoyat bilan kurashishda dastlab yoshlarni jinoyat qilishga undaydigan sabablar, holatlarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Yoshlar orasidagi jinoyatlarning ildiz ham huddi shu jihatlardan qidirilmoqda

Ma’lumki, yoshlar asosan bekorchiligi, e’tiborga muhtojligi, huquqiy savodxonligining pastligi tufayli jinoyat sodir etadi. Muammoga yechim topish maqsadida Yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarning siyosiy faolligi, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirib boryapti. 

Kelajagimiz yoshlarning qo‘lida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini ta’minlash uchun barchamiz birdek harakatda bo‘lmog‘imizni zamonning o‘zi talab qilmoqda.

N.J.Barakayeva

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi

arxivariusi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!