Yong‘oq yeb turish foydami yo zarar?

Yong‘oq yeb turish foydami yo zarar?
Yong‘oqni juda ko‘p insonlar meva deb hisoblaydi. Biroq, yong‘oq boshqa mevalardan farqli o‘laroq achchiq va yog‘ miqdori baland bo‘ladi. Shunga qaramay uni sevib iste’mol qiladiganlar anchagina.
 
Keling, quyida yong‘oq iste’molining inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirlari bo‘yicha fikrlashamiz:
 
  • Yong‘oq tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ mavjud bo‘lib, u nafaqat xotirani yaxshilaydi, balki organizmni uzoq vaqt to‘q tutadi;
  • Ozg‘inlikdan azob chekayotganlar bemalol yong‘oqni iste’mol qilishi mumkin. Chunki yong‘oqdagi kaloriya organizmni ko‘p miqdordagi yog‘ bilan ta’minlay oladi;
  • Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 6 hafta davomida yong‘oqning kamida 3 turini birgalikda iste’mol qilish tanadagi tuz miqdorini kamaytirar ekan;
  • Yong‘oq organizmdagi qand miqdorini tushiradi. Shu sababli qandli diabet kasalligiga chalinganlar ham bemalol iste’mol qilishi mumkin;
  • Shifokorlarning 12 haftalik tekshiruvi natijasida kuniga ikki marta yong‘oq iste’mol qiladigan insonlarda qondagi shakar miqdorining 9 % ga kamayishi aniqlangan;
  • Yong‘oq iste’moli yuzdagi ajinlarni yo‘qotish xususiyatiga ega;
  • Yong‘oqni istalgan holatda iste’mol qilish mumkin. Hatto oziq-ovqat ustiga maydalab sepib chiqilsa ham uning foydali elementlari saqlanib qoladi;
  • Ko‘pchilik insonlar yong‘oqni quruq holatda qovurib iste’mol qilishadi. Bu organizmni uzoq vaqt ochlikdan asraydi;
  • Yong‘oqni imkon qadar tongda iste’mol qilish lozim. Bunda nafaqat ishtaha ochiladi, balka xotira ham maksimal darajada mustahkamlanadi.
  • Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!